2017 yil 14 mart kuni Jizzax viloyati, Ş.Raşidov tuman Transport va sanoat kasb-xunar kolleji binosida “Iqtisoslaştirilgan böş iş örinlari yarmarkasi” bölib ötdi. Mazkur yarmarkada Ş.Raşidov tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, bandlikka kömaklaşiş markazi, sud ijroçilari, kasb hunar kollejlari bitiruvçilari hamda qarzdor aliment tölovçilar qatnaşişdi. Bu haqda tuman hokimiyati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Tadbir davomida iştirokçilarga tumandagi barça böş iş örinlari haqida batafsil ma'lumotlar berib ötildi. Şuningdek, bitiruvçi talabalar va işsiz aliment tölovçilarni qiziqtirgan barça savollarga javob qaytarildi, işlaş istagi mavjud bölgan fuqarolarga şu joyning özida yöllanmalar berilişi ta'minlandi.

Şundan söng, tadbir iştirokçilari böş iş yurinlari böyiça tayyorlangan körgazmalar bilan batafsil taniştirib ötildi.

Tadbir davomida Ş.Raşidov tuman prokurori Barno Umarova sözga çiqib, işsiz aliment tölovçilar doimiy ravişda işga joylaştirib borilişi, iş bilan band bölgan tölovçilar örtasida aliment qarzdorligi kelib çiqmasligini, şuningdek aliment tölovçilarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarini iştirokçilarga alohida ta'kidlab ötdi.

Tadbir söngida har bir hududda şu kabi tadbirlar doimiy amalga oşirib borilişi bir ovozdan ma'qullandi.