Italiyaning sobiq boş vaziri Silvio Berluskoni bilan birga keçki ovqat tanovul qiliş imkoniyati auksionda 70 ming yevroga sotildi. Il Messaggero naşrining ma'lum qilişiça, siyosatçi bilan birga keçani ötkaziş imkoniyatini eng köp pul taklif qilib italiyalik ayol sotib olgan.
Naşrning ma'lum qilişiça, Berluskoni fevraldayoq uşbu lotni CharityStars internet-platformasiga qöygan edi. U olingan mablağlarni 2016 yilda Italiyadagi zilzilada jabr körganlarga ötkazmoqçi bölgan. Bir neça kun içida sobiq boş vazir uçun 20 tadan köproq taklif bildirilgan. Siyosatçi uçun dastlabki narx birdaniga 30 ming yevrogaça kötarilib ketgan va bu narxni xitoylik taklif qilgan.
Hozirça keçki ovqat qaçon ötişi noma'lum, biroq şunisi ma'lumki, u Berluskonining Arkoredagi şaxsiy villasida bölib ötadi.
Oxirgi vaqt Berluskoni şarhlovçilar kuzatuvi ostida uning odamlarga yaqinligini körsatişga qaratilgan ijtimoiy kampaniya olib bormoqda. U yaqinda Milan çekkasidagi "Makdonalds" restoranida payqalgan. Berluskoni şuningdek bir neça jamoat aksiyalarida iştirok etgan. Ötgan yili 80 yoşini qarşilagan sobiq vazir keyingi parlament saylovlarida öng sentristik koalitsiyaga boşçilik qiliş istagini yaşirmayapti.












