«Böronlar meni çöçita olmaydi»: Berluskoni qanday işlari bilan yodda qolgan?
|15:52 / 14.06.202331 06118 min
Aprel oyida oqqon taşxisi qöyilgan Silvio Berluskoni Milandagi «San-Raffaele» şifoxonasida 86 yoşida vafot etdi. Aktyor, tadbirkor, tört karra boş vazir, Putinning dösti va köplab mojarolar figuranti — quyida Berluskonining hayot yöli eslanadi.
1950-yillar oxiri va 1960-yillar boşida, hali talaba ekanida Berluskoni kruiz laynerlarda qöşiq kuylab pul işlagan. Bundan taşqari, u kontrabas çalgan. Yangi asr boşida u Neapol qöşiqlarining ikki albomi, şuningdek, özining «Milan» futbol klubi va Forza Italia partiyasi uçun madhiyalar yozgan.
Marka / Universal Images Group / Getty Images
Silvio Berluskoni 1936 yilda Milanning qaşşoq mahallasida dunyoga kelgan. U dindor katoliklar oilasidagi uç farzandning kattasi edi. U olti yoş ekanida Milanni bombardimon qiliş boşlanadi - Italiya natsistlar Germaniyasi ittifoqçisi sifatida uruşga qöşilgandi. 1943 yilda Berluskoni evakuatsiya böladi, otasi öz xavfsizligi uçun Şveytsariyaga yaşirinadi va ona oiladagi yagona boquvçi ona bölib qoladi, şuning uçun katolik maktabida öqiyotgan Silvio darslardan söng fermada işlay boşlaydi, u yerda sigirlarni soğib, kartoşka teradi. Maktabni tamomlaganidan keyin Berluskoni Milan universitetining huquqşunoslik fakultetiga öqişga kirib, işlay boşlaydi, xöjalik buyumlari va çang tozalagiçlar sotadi, dafn va töy marosimlarini fotosuratga oladi, kruiz laynerlarda çiqiş qilib, sevgi haqida qöşiqlar kuylaydi. 1957 yilda u Immobiliare costruzioni quriliş kompaniyasida iş boşlaydi, 1961 yilda universitetni bitiradi va reklama biznesini huquqiy tartibga soliş muammolari böyiça diplom işi uçun 2 mln lira miqdorida mukofot puli oladi.
Jurnalist Indro Montanelli va Silvio Berluskoni. 1977 yil (Foto: Archivio Cicconi / Getty Images)
Universitetni tamomlaganidan keyin Berluskoni Cantieri Riuniti Milanesi (Milan quruvçilari ittifoqi) kompaniyasiga asos soladi. Özining aytişiça, dastlabki kapitalni unga öz pensiyasini yiğib yurgan otasi, oila döstiga tegişli bölgan Rasini banki va Şveytsariyaning Lugano şahridagi işonçli jamğarma bergan. Bundan taşqari, Berluskoni loyihaga öz döstlari va qarindoşlarini jalb etgan. Italiyada bu vaqtda quriliş avj olgan va Milanning Alçiati köçasida turar joylar quriş böyiça loyihalar katta foyda keltirayotgandi. 1963 yilda u Edilnord quriliş firmasini oçadi, bu firma keyingi bir neça yil mobaynida Milanning turli tumanlarida qator turar joy kvartallarini, jumladan 4 ming kvartiraga möljallangan «Milan-2» majmuasini barpo etadi. Şu loyiha tufayli Berluskoni ilk bor korrupsiya va öz manfaatlarini noqonuniy lobbi qilişda ayblanadi, ammo yetarli dalillar bölmagani tufayli javobgarlikdan qutilib qoladi. 1973 yilda Berluskoni Italiyaning yirik developerlaridan biri va mamlakatning eng badavlat tadbirkorlaridan biriga aylanadi. Öşanda u Milan çekkasidagi Arkore şaharçasida villa sotib oladi va bu uy uning butun umri davomidagi qarorgohi bölib qoladi.
Mavzuga oid
Foto: Vittoriano Rastelli / Corbis via Getty Images
1974 yilga qadar Italiyada xususiy telekanallar yuritiş taqiqlangandi, öşa yili mamlakat Konstitutsiyaviy sudi bu qoidani bekor qiladi. Öşa yili Berluskoni Il Giornale ijtimoiy-siyosiy gazetasi uluşini sotib oladi, ikki yil ötib Telemilano 58 kabel telekanalini qölga kiritgan holda ilk xususiy telekanal egasiga aylanadi, keyin bir neça yil içida Canale 5, Italia 1 va Rete 4 kabi boşqa kanallarga ham ega çiqadi, ular keyinroq uning boşqaruvidagi Mediaset mediaholdingiga birlaşadi. Konstitutsiyaviy sud qaroriga qaramay, uzoq vaqtgaça xususiy kanallarda jonli efirlardan translatsiya va yangiliklarni namoyiş etiş huquqi bölmaydi. Şuning uçun Berluskoni Amerikaning köngiloçar dasturlari kontenti, jumladan seriallar va operalarni körsatiş huquqini sotib oladi, buning uçun uni siyosatçilar va jamoat arboblari didsizlikda ayblaşadi. Aynan Berluskonining telekanallari birinçi bölib yarim yalanğoç raqqosalar iştirokidagi estrada şoularini va ilk rangli dasturlarni namoyiş etgandi. Buning barçasi reklama savdosi ösişiga va Berluskoni kanallari RAI telekorporatsiyasidan sezilarli ustunlikka ega bölişiga olib keladi.
Silvio Berluskoni va Bettino Kraksi (Foto: Luca Bruno / Files / AP)
1984 yilda xristian demokratlar va kommunistlar tomonidan qöllangan RAI telekorporatsiyasi şikoyatlaridan keyin, Berluskonining teleuzatuvçilari xatlab qöyiladi. Uzoq davom etgan sud jarayoni Berluskonining dösti bölgan mamlakat boş vaziri Bettino Kraksining aralaşuvidan keyin yakunlanadi, u translatsiyalarni tiklaş töğrisidagi favqulodda farmon («Berluskoni qonuni») çiqaradi. Şundan keyin Italiyaning ikkita yirik siyosiy partiyasi — XDP (Xristian-demokratlar partiyasi) va IKP (Italiya kommunistik partiyasi) — biznesmenni boş vazirni sotib olişda ayblaydi, ammo ayblovlar öz tasdiğini topmaydi.
Berluskoni telekanallar uçun reklama işlab çiqariş bilan şuğullanadigan Publitalia kompaniyasiga asos solganidan söng mamlakatdagi eng badavlat 10 kişidan biriga aylanadi. 90-yillar boşida kompaniya Yevropa bozoriga ham kirib boradi va Berluskoni ilk bor Forbes reytingiga kiradi, Arnoldo Mondadori Editore naşriyotlar tresti egasiga aylangaç, u Italiya jurnallar bozorining 40 foizi ustidan nazoratni qölga kiritadi.
Foto: Vittoriano Rastelli / Corbis via Getty Images
Quriliş va televideniyedan taşqari, Berluskoni reteyl bilan ham şuğullanib, Girasole («Kungaboqar») tarmoğining Italiyadagi birinçi supermarketini oçadi. 1988 yilda u mamlakatdagi eng yirik La Stando univermaglar tarmoğiga egalik qilardi. Berluskonining Fininvest kompaniyasiga birlaşgan OAV, quriliş va suğurta kompaniyalari, pensiya jamğarmalari va boşqa köplab bizneslardan iborat imperiyasi 1990-yillar oxirida fond bozorida 30 mlrd dollardan ortiqqa baholanardi. Bu esa huquq-tartibot organlari e’tiborini tortadi va 1992-1993 yillarda kompaniyalar faoliyatiga oid 10 ga yaqin alohida tekşiruvlar boşlanadi. Bu vaqtda Italiyada sobiq boş vazir Kraksi bilan boğliq korrupsiya mojarosi avj oladi, şuningdek mafiyaning siyosat va huquqni muhofaza qiliş organlariga ta’sirini aniqlaşga qaratilgan «Toza qöllar» operatsiyasi boşlanadi. Bularning bari, Berluskonining özi aytişiça, uni davlatning iqtisodiyotga aralaşuvini qisqartiriş maqsadida siyosiy faoliyatini boşlaşga undagan.
Silvio Berluskoni va Italiya prezidenti Oskar Luidji Skalfar inauguratsiya vaqtida. 1994 yil (Foto: Franco Origlia / Getty Images)
1994 yil yanvarida Berluskoni «Olğa, Italiya!» (Forza Italia) siyosiy harakatini tuzadi 60 kun ötganidan söng umummilliy parlament saylovlarida 43 foiz ovoz (8 milliondan ortiq saylovçi) olib ğolib böladi va siyosiy rekord (qisqa muddatdagi muvaffaqiyat) örnatadi. 1996 yilda partiyaga aylangan harakatning asosiy qadriyatlari erkin bozor, biznes va raqobat, ijtimoiy tenglikka işonç, italiyaliklarning moliyaviy, yuridik va byurokratik jabr çekişiga qarşi kuraşiş deb e’lon qilingandi.
Berluskonining dasturiy nutqi Martin Lyuter Kingning (amerikalik baptist voizi, AQŞdagi qora tanlilar uçun fuqarolik huquqlari harakati yetakçisi – RBK) adolat va taraqqiyot töğrisidagi tezislaridan iborat bölib, kommunistlar va söl partiyalar tanqid qilingan. U öz televizion resursidan foydalanib, öz villasida italiyaliklarga yöllagan 10 daqiqalik murojaatini öz kanallarida jonli efirga uzatadi.
Saylovdagi muvaffaqiyatdan keyin Berluskoni öng markazçi partiyalar koalitsiyasini tuzadi, uning safidan öta öng kuçlar — neofaşistlar (Mussolinining mafkuraviy izdoşlari) va özlarini «postfaşistlar» deb atovçi Şimol Ligasi ham joy oladi. Şu tariqa, parlamentda köpçilik taşkil etiladi — 630 örindan 366 tasi koalitsiyaniki böladi. 1994 yil 11 may kuni u Italiya hukumati boş vaziri sifatida qasamyod qiladi va Yevropa tarixidai ilk milliarder boş vazirga aylanadi.
Foto: Paolo Cocco / Reuters
1994 yil 22 noyabrida Neapoldagi BMT sammiti arafasida (uning kun tartibidan uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş alohida örin tutgandi) Corriere della Sera gazetasida Berluskoniga nisbatan soliq inspektorlariga pora beriş böyiça sud tergovi boşlangani haqida xabar beriladi. Boş vazir aybdor deb topiladi, ammo keyin apellyatsiya böyiça oqlanadi. Şunga qaramay, Berluskoni koalitsiyasi parlamentdagi köpçilik örindan mahrum böladi va 1995 yil yanvarida uning hukumati iste’foga çiqadi, sobiq boş vazir esa moliyaviy hujjatlarni qalbakilaştiriş va bank hisoblari bilan firibgarlik, poraxörlik va korrupsiya, jumladan, Bettino Kraksiga pora berişda ayblanib, bir qator tergov işlarida figurantga aylanadi.
1996 yilda Berluskoni Mediaset kompaniyasi aksiyalari paketini Saudiya Arabistoni şahzodasi, janubiy afrikalik milliarder Iogann Rupert va nemis telemagnati Leo Kirhga sotadi. 1996 yilgi saylovlarda «Olğa, Italiya!» köpçilik örinni qölga kirita olmaydi, çunki oldingi siyosiy ittifoqçilar Berluskoni partiyasi bilan koalitsiya tuzişdan boş tortadi. Şu tariqa, u muxolifat yetakçisi bölib qoladi. Konstitutsiyaviy islohot ustida işlaş Berluskoniga oldingi siyosiy reytingni qaytaradi va 1999 yilda «Olğa, Italiya!» Yevropa parlamentiga, 2000 yilda esa Italiyadagi munitsipal va mintaqaviy saylovlarda ğolib böladi. Saylovoldi kampaniyasi siyosatçining «Ozodlik kemasi» deb nomlangan kruiz laynerida Italiya sohillari böylab sayohatga çiqişi bilan yodda qoladi.
Silvio Berluskoni va öğli Pera Silvioning 2001 yilgi saylovlar arafasida italiyaliklarga tarqatilgan bukletlarda aks etgan surati (Foto: Forza Italia / AP Photo)
2001 yilgi saylovlar arafasida Berluskoni keng kölamli kampaniya olib boradi, uning doirasida sobiq boş vazirni qöllaşini bildirgan taniqli davlat arboblari iştirokidagi telereklamalar tayyorlanadi, şuningdek 26,5 mln dollar sarflanib, uning şaxsiyati va faoliyati haqidagi 10 mln buklet tarqatiladi. Bukletlarda u soliqlarni va amaldorlar apparatini qisqartirişni, pensiyalarni oşirişni, yangi iş örinlari taşkil etişni, noqonuniy immigratsiyaga qarşi kuraşişni, ta’lim va sud tizimini isloh qilişni va’da qiladi. U va’dalari bajarilmagan taqdirda iste’foga çiqişini aytadi. 2001 yil iyunida Berluskoni yana hukumatni boşqara boşlaydi.
AQŞ prezidenti kiçik Jorj Buş va Silvio Berluskoni. 2011 yil (Foto: Getty Images)
Amerika prezidenti kiçik Jorj Buşga simpatiyasi borligiga qaramay, Berluskoni AQŞning Iroqqa harbiy bosqinini qöllab-quvvatlamagan. U uzoq vaqt Buşni harbiy amaliyot boşlaşdan qaytarişga uringan, ammo bunga erişa olmagan va 2003 yilda 3200 nafar harbiy xizmatçidan iborat Italiya kontingenti ham Iroqqa yuborilgan. 2005 yilda Italiya razvedka xizmati josusi Nikolo Kalipari amerikalik askarlar tomonidan öldirilgaç, Berluskoni qöşinlarni olib çiqişi haqida e’lon qiladi, ammo bir kun ötib öz qarorini özgartiradi. Qöşinlar hukumatga Romano Prodi kelganidan keyingina Iroqni tark etadi. Mamlakatning harbiy siyosati, şuningdek Italiya yevro pul birligiga ötişi (bu narxlar oşişiga xizmat qilgandi) Berluskonining reytingini 2001 yildagi 45 foizdan 2004 yil mayidagi 25 foizgaça tuşiradi.
2005 yil 20 aprelida Berluskonining ikkinçi hukumati iste’foga çiqadi, ammo uç kun ötib uning uçinçi hukumati qasamyod qabul qiladi va 2006 yil 17 mayga qadar hokimiyatni saqlab qoladi. Italiya keyingi saylovlarga turğun iqtisodiyot va Yevropadagi eng past iqtisodiy ösiş bilan yetib keladi. Berluskoni Prodining ğalabasiga şubha bildirib, ovozlarni qayta hisoblab çiqiş taşabbusini bildirgan bölsa-da, hokimiyatga qayta olmaydi. Lekin Prodi ham hukumatda atigi 18 oy qola oladi — senat Prodining kabinetiga işonç bildirmaydi va u vakolatlarini topşiradi. 2008 yil bahorida Berluskoni özining törtinçi hukumatini boşqarişga kirişadi. Bu safargi saylovlar siyosatçini parlament deputatlarini sotib oliş va OAVga bosim ötkaziş borasidagi ayblovlar bilan keçadi.
Silvio Berluskoni va Angela Merkel. 2011 yil (Foto: Jochen Eckel / Getty Images)
Berluskonining törtinçi hukumati faol immigratsiya siyosati yuritadi. Italiya hududida noqonuniy bölib turgan barça immigrantlar katta miqdordagi jarimalar, vaqtinça yaşaş markazlaridagi qamoq va mamlakatdan çiqarib yuboriş şaklidagi jinoiy javobgarlikka tortilişini nazarda tutuvçi qonun qabul qilinadi. Bu esa italiyalik söl markazçi siyosatçilar va xalqaro taşkilotlar tanqidiga sabab böladi. Şu bilan birga, mamlakatda yalpi içki mahsulot hajmi pasayişi davom etib, işsizlik darajasi va ham jismoniy, ham yuridik şaxslarning bankrotga uçraş hajmi ortib boradi, bu esa mamlakatning jahon agentliklaridagi suveren reytingi pasayişiga sabab böladi. Berluskonining özi esa voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilişda va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilişda ayblanadi.
OAVda Berluskoni öz tanişi bilan telefon orqali muloqot çoğida Germaniya kansleri Angela Merkelni «orqasi semiz yarams» (una culona inchiavabile) deb atagani haqida yozişadi. Boş vazir bunga raddiya berganiga qaramay, köp ötmay Merkel xonim yevrohududdagi inqiroz uçun aybni Berluskoni zimmasiga yuklaydi, italiyalik siyosatçi esa buni aynan naşrlardagi xabarlar bilan boğlaydi. 2011 yil oktyabrida parlament unga işonçsizlik bildiradi va köp ötmay Berluskoni iste’foga çiqadi.
Foto: Luca Bruno / AP
1994 yildan boşlab Berluskoni advokatlar xizmatlariga 700 mln yevroga yaqin mablağ sarflagan. Berluskoniga nisbatan 60 dan ortiq sud tergovlari yuritilgan. Uni korrupsiyada, pul yuvişda, mafiya bilan aloqadorlikda, voyaga yetmagan qizlar bilan jinsiy aloqa qilişda, OAVga bosim ötkazişda, amaldorlarni sotib olişda va boşqa jinoyatlarda ayblaşgan. Önga yaqin iş sudgaça yetib borgan, Berluskoniga uç marta hukm e’lon qilingan, lekin faqat bitta ayblov hukmi (soliq jinoyatlari uçun) apellyatsiyadan keyin ham öz kuçida qolgan. Xususan, 1998 yil iyulida Berluskoni Tunisda jinoiy ta’qibdan yaşirinib yurgan sobiq boş vazir Kraksining hisobiga ofşor orqali 6 mln dollar mablağni noqonuniy ötkazgani uçun ikki yil-u tört oy muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. 2000 yilda bu hukm bekor qilinadi.
Boşqa şov-şuvli iş Rubi laqabli fohişa Karima al-Maruğ bilan boğliq (fotoda). Boş vazir politsiya uçastkasidan ozod bölişida mansab vakolatidan foydalanişda, şuningdek voyaga yetmagan fohişa xizmatidan foydalanişda ayblangan. Prokuratura «Rubi işi» böyiça Berluskoniga olti yillik qamoq jazosi va davlat lavozimlarini egallaş huquqidan mahrum etişni söragan. Birinçi instansiya sudi bu talablarni qanoatlantirgan, ammo Milan Apellyatsiya sudi qarori bilan siyosatçi töliq oqlangan.
2012 yil oktyabrida Berluskoni soliqlarni tölaşdan böyin tovlagani uçun tört yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. 2006 yilgi amnistiya töğrisidagi qonunga köra, u faqat bir yil qamoqda ötirişi kifoya edi, ammo yakunda sobiq boş vazir yoşi ötib qolgani va amnistiya tufayli qamoq jazosidan ozod etiladi. 2018 yil 12 mayida Milan sudi soliqqa oid qonunbuzarliklar böyiça Berluskonini töliq reabilitatsiya qiliş töğrisida qaror çiqaradi. Navbatdagi jinoiy iş haqida Berluskoni şunday deydi: «Bilasizki, böronlar meni qörqita olmaydi. 17 yil içida men barça narsani kördim. Ular barça vositalarni işga solgan holda meni siyosatdan va tarixdan öçirib taşlaşga urinişmoqda».
Foto: Pressefoto Ulmer \ ullstein bild via Getty Images)
30 yil mobaynida Berluskoni «Milan» futbol klubiga egalik qiladi. Uning boşqaruvi davrida jamoa sakkiz bor Italiya çempioni böladi, beş marta Çempionlar ligasida ğolib bölgan, uç marta futbol böyiça qit’alararo kubokni qölga kiritgan. 2016 yilda u klubni 740 mln yevroga sotadi.
Vladimir Putin va Silvio Berluskoni Zavidovoda keçki ovqat stolida. 2003 yil, katta döstlikning boşlanişi.
Alexey Panov / AFP / Scanpix / LETA
Berluskoni Vladimir Putinning qalin dösti bölgan. Ular Oltoyda birga dam olişgan, Be-200 amfibiya samolyotini sinovdan ötkazişgan, Soçi va Qrimga borişgan. Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida Putin Berluskoni bilan munosabatlari nimaga asoslangani haqida aytib bergandi: «Men har doim içki siyosiy vaziyatdan qat’i nazar, davlatlararo munosabatlarni örnatişga çinakam samimiy intilişni his qilganman». Öz navbatida Berluskoni Rossiyaga muhabbatini şunday izohlaydi: «Öylaymanki, Vladimir menga öz xalqining ruhini his qildira oldi. Bu faqat Rossiyada amalga oşişi mumkin bölgan buyuk kaşfiyot. Şuning uçun menda doim sizga qaytiş istagi böladi».
OAVning asosiy e’tibori Silvio Berluskonining Putin bilan döstligiga qaratilsa-da, 1997 yilda aynan Italiya sobiq boş vaziri tarixda ilk bor Rossiya yetakçisi Boris Yelsinni G7 sammitiga taklif etgandi. Uning sammitdagi iştiroki «Katta yettilik»ni «Katta sakkizlik»ka aylantirişni boşlab bergandi. 1994 yil oktyabrida Berluskoni va Yelsin Rossiya va Italiya örtasida Döstlik va hamkorlik şartnomasini imzolagan edi.
Silvio Berluskoni qizlari Barbara (çapda) va Eleonora bilan (Foto: Franco Origlia / Getty Images)
Berluskoni ikki marta uylangan. Uning birinçi rafiqasi 1965 yilda Karla Elvira Dell’Olo bölgan, ularning nikohidan bir qiz va bir öğil tuğilgan — Mariya Elvira va Persilvio. Bu nikoh 1980 yilda barbod böladi, öşanda Berluskoni aktrisa Veronika Lario bilan tanişib qolgandi va ön yil ötib unga uylanadi. Ular 2014 yilga kelib ajraşadi. Ikkinçi nikohidan Berluskoni uç farzand körgan — Barbara, Eleonora va Luidji.
Foto: Alessandra Benedetti / Corbis via Getty Images