Silvio Berluskoni 1936 yil 29 sentabrda Milanda tuğilgan. 1943 yilda uning oilasi vaqtinça Şveytsariyaga ketadi, çunki uning otasi, antifaşist Luidji Berluskoni Italiyada qolişi xavfli edi. 1961 yilda Berluskoni Milan universiteti huquqşunoslik fakultetini a’lo baholar bilan bitiradi. Köp ötmay u quriliş kompaniyasiga asos soladi, 1978 yilda esa — Telemilano kabel telekanaliga. 1984 yilga kelib u uçta umummilliy telekanallarga egalik qilardi, ular keyinçalik Mediaset holdingiga birlaşadi. Ikki yil ötib Berluskoni «Milan» futbol klubini sotib oladi va klub uning rahbarligi davrida 4 bor Italiya çempioni böladi, 5 marta Çempionlar ligasida ğolib çiqadi. 

1994 yilda Berluskoni «Olğa, Italiya» partiyasiga asos solgan va parlament saylovlarida ğolib çiqib, boş vazirga aylangan, ammo bir yil içida lavozimini tark etgan. Keyinroq u yana uç marta Italiya hukumati tepasiga keladi — 2001, 2005 va 2008 yillarda. 

2011 yilda u sönggi bor iste’foga çiqadi. Uning siyosiy faoliyati turli mojarolar va korrupsiyada ayblovlar bilan birga keçadi. Xususan, 2013 yilda Milan sudi Berluskonini voyaga yetmagan qizlarni fohişalikka yollaş va öz mansab vakolatini suiiste’mol qilişda aybdor deb topib, yetti yillik qamoq jazosiga hukm qilgandi. Ammo apellyatsiya sudi uni töla oqlaydi.

2022 yil sentabrida Berluskoni senat uçun saylovlarda ğalaba qozongandi.

1950-yillar oxiri va 1960-yillar boşida, hali talaba ekanida Berluskoni kruiz laynerlarda qöşiq kuylab pul işlagan. Bundan taşqari, u kontrabas çalgan. Yangi asr boşida u Neapol qöşiqlarining ikki albomi, şuningdek, özining «Milan» futbol klubi va  Forza Italia partiyasi uçun madhiyalar yozgan.
Marka / Universal Images Group / Getty Images
Silvio Berluskoni keksayib qolguniga qadar erkaklik xarizmasidan foydalangan. Maşhur italyan yozuvçisi Umberto Ekoning hisoblaşiça, siyosatçining bu sifatlarining elektoratga ta’siri — uning uzoq yillik muvaffaqiyati sabablaridan biri bölgan. Bu fotoda Berluskoni 48 yoşida
Umberto Cicconi / Getty Images
Berluskoni 1977 yilda. Öşanda u öz media-imperiyasini qurişni endigina boşlagandi. Şu yildan uning TeleMilano telekanalida tölaqonli körsatuvlar efirga keta boşlaydi.