Lola Karimova-Tillayeva 17 mart kuni feysbukdagi rasmiy sahifasida jadidçilik va uning yorqin vakillaridan biri bölgan Munavvar qori Abduraşidxonovga bağişlangan post qoldirdi. 

Jadidçilik – XIX asr oxiri – XX asr boşlarida faoliyat yuritgan va ma'rifatçilikka asoslangan islohotlar ğoyalarini ilgari surgan ijtimoiy-siyosiy harakat. Yoş ma'rifatparvarlardan iborat bölgan uşbu harakat Örta Osiyoda an'anaviy ta'lim tizimini tubdan isloh etiş, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy özgarişlarni amalga oşiriş, milliy mustaqillik ğoyalarini hayotga tatbiq etiş masalalarini öz oldiga maqsad qilib qöygandi. 

"Mazkur postimni uşbu harakatning yirik namoyondalaridan biri bölmiş Munavvar qori Abduraşidxonovning (1878–1931) xotirasiga bağişlamoqçiman.

Munavvar qori 1878 yili Toşkentning Darxon mahallasida mudarris oilasida tavallud topgan. Avval Toşkentdagi madrasada, keyin esa Buxorodagi maşhur Mir Arab madrasasida tahsil olgan. Jamiyat ravnaqida ilm-fan va maorif muhim örin tutadi deb hisoblagan va yevropaça ta'lim usullaridan ilhomlangan Munavvar qori 1902 yili öz uyida yangi usul maktabini oçişga muyassar böladi. Diniy bilimlar bilan çeklanmay, fanning turli yönalişlarida saboqlar taşkil etadi.

Keyinçalik u bunday maktablarni Toşkentning yana bir neça dahasida taşkil etdi. Şuningdek, bir qator maktab darsliklariga mualliflik qiladi, kitob savdosi bilan şuğullandi va xususiy naşriyot uyiga rahbarlik qiladi. 

Matbuotçilik faoliyati mobaynida “Xurşid” gazetasiga asos soldi, “Najot” va “Kengaş” gazetalari boş muharriri hamda öşa davrning ilğor mahalliy naşrlaridan bölmiş “Sadoi Turkiston” gazetasi muharriri lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Munavvar qori jamiyat ravnaqi mezonlaridan biri sifatida teatrga ham alohida ahamiyat qaratgan. Sahna san'atini dolzarb ijtimoiy masalalarga jamoatçilik e'tiborini qaratuvçi va xalq dunyoqaraşini özgartiruvçi vosita deb bildi. Konservativ kuçlarning qarşiliklariga qaramay, Munavvar qori Örta Osiyoda zamonaviy teatrni taşkil etiş va rivojlantirişga ulkan hissa qöşdi.

Ötgan asrning 20-yillarida Munavvar qori milliy istiqlol ğoyalarini tarğib etgan “Milliy ittihod” va “Milliy istiqlol” nomli taşkilotlarga boşçilik qildi. Erksevar zot 1931 yilda hibsga olinib, qatl etilgan.

Özbek ma'rifatçiligining buyuk namoyandalaridan biri sanalgan Munavvar qori hayoti va ijodini örganiş Sovet Ittifoqi davrida – 60 yil mobaynida taqiqlangan edi. Özbekiston mustaqillikka erişganidan sönggina keng jamoatçilik uluğ ma'rifatparvar şaxsini yaqindan taniş imkoniga ega böldi", - deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.