AQŞ prezidenti Donald Tramp Germaniya öz xavfsizligining ta'minlanişi uçun AQŞ va NATOga katta miqdorda qarzdor ekanligini aytdi. Tramp bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uçraşuvining ertasiga tvitterda yozgan.
Trampning aytişiça, "soxta yangiliklar" xabarlariga qaramasdan, Merkel bilan uçraşuv ajoyib ötgan.
"Şunday bölsada, Germaniya unga kuçli va qimmat turuvçi mudofaani ta'minlayotgan AQŞ va NATO oldida katta miqdorda qarz", deb yozgan Tramp.
Merkel Tramp bilan uçraşuv natijalari böyiça ötkazilgan matbuot-anjumanda Germaniya NATOga tölaydigan badali miqdorini oşirişi kerakligini aytgan.
Avvalroq CNN telekanali Tramp Oval xonasida jurnalist va fotosuratçilar iltimosiga qaramasdan, Merkel bilan qöl siqişişni istamaganini ma'lum qilgandi. Keyinroq Tramp bunga javoban Merkel bilan qöl siqişgani suratini çop etgan.












