Ajdodlarimizdan meros milliy qadriyatlarimizdan bölgan – Navröz umumxalq bayrami Andijon viloyati örta maxsus kasb-hunar ta'limi boşqarmasi tasarrufidagi barça muassasalarda keng nişonlanmoqda.
Andijon tuman iqtisodiyot va transport kolleji jamoasida bayramga özgaça tayyorgarlik körildi. Milliy an'analarga xos sayil tarzida ötgan tadbirda yigitlar örtasida palov pişiriş, toş kötariş, arqon tortiş, xöroz uriştiriş musobaqalari ötkazilgan bölsa, dilbar qizlar bahoriy salat va taomlar tayyorlaş böyiça bellaşdilar. Ta'lim muassasasi tadbirni Islomobod mahallasi aholisi bilan hamjihatlikda ötkazgani tahsinga loyiq. Milliy sport öyinlari ğoliblarini muassasa direktori Xondamir Alimov faxriy yorliq va sovğalar bilan taqdirladi.
Andijon şahar pedagogika kasb-hunar kollejidagi sayilda boşida özbekona döppi, beliga belboğ boylagan navqiron yigitlar öz qöllari bilan yasagan varraklarni uçirdilar. Qizlar ijrosidagi lapar, ölan, kelin salomlar bayramga özgaça fayz berdi. Navrözda tayyorlanadigan milliy taomlarning öttizdan ortiq turi dasturxonga tortildi.
Oltinköl tuman xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kollejida bahor bayramini ta'lim dargohi bilan birgalikda nişonlaş uçun taniqli san'atkorlar, yozuvçi, şoir va olimlardan tuzilgan respublika tarğibot guruhi taşrif buyurdi.
Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, şoir Abdunabi Boyqöziyev, Özbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Tursunboy Parpiyev, Elmurod Ahmedov va Furqat Aşuraliyevlar ilm maskanida öquvçilar, ustoz va aholi vakillariga öz san'atlarini namoyiş etdilar.
- Tasarrufimizdagi 117 ta kasb-hunar kollej, 12 ta akademik litseylarda Navröz umumxalq bayramini alohida tayyorgarlik bilan ötkazdik,- deydi viloyat örta maxsus kasb-hunar ta'limi boşqarmasi boşliği Furqatbek Buzrukov. – Bayram oldidan barça ta'lim dargohlarida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari olib borilib, sayillarda xalqimizning asriy qadriyatlari, milliy urf-odatlarmiz tarannum etildi.











Elmurod Ermatov, Andijon










