Jahon | 10:22 / 20.03.2017
4236
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat departamenti: Tramp Si Jingpin bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqda

XXR raisi Si Jingpin va AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari borligi qayd etilgan. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari v.b. Mark Toner ma'lum qilgan.

U tarqatgan bayonotda aytilishicha, Amerika bosh diplomatining Xitoy yetakchisi bilan suhbati 30 daqiqa davom etgan. Tomonlar "Amerika-Xitoy munosabatlarini rivojlantirish"ni muhokama qilishgan. 

Tonerning so‘zlariga ko‘ra, Si Jingpin va Reks Tillerson "Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida hamkorlik qilish uchun qulay imkoniyatlar bor"ligini ta'kidlashgan. Shu bilan birga, "ikki mmlakat o‘rtasida turli qarashlar mavjudligi, ular kelgusida ham saqlanib qolinishini qayd etishgan", - deya qo‘shimcha qilgan AQSh davlat departamenti rasmiy vakili. 

Bundan tashqari, Tillerson, AQSh prezidenti Donald Tramp XXR raisi bilan bo‘lg‘usi ikki tomonlama munosabatlarni belgilab beruvchi muhokamalarni o‘tkazish uchun "yuzma-yuz" uchrashishni sabrsizlik bilan kutayotganini ta'kidlagan. 

Avvalroq, OAV Oq uydagi manbalarga tayangan holda oliy darajadagi Amerika-Xitoy sammiti Trampning Florida shtatidagi "Mar-a-Lago" mulkida 6-7 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilgan edi. 

O‘z navbatida Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser uchrashuv ayni shu muddatda bo‘lib o‘tishini tasdiqlashga vaqtli ekani, ammo unga tayyorgarlik davom etayotganini ma'lum qildi. 

Mavzuga oid