Rossiyaning Tolyatti şahrida Pyotr Prusov hayotdan köz yumdi. VAZ-2121 «Niva» loyihasining boş konstruktori 76 yoşida vafot etdi, deb xabar qilmoqda «AvtoVAZ».
«Petr Mixayloviç dunyoda birinçi taşuvçi kuzovga ega avtomobil — afsonaviy VAZ-2121 “Niva” loyihasi rahbari edi. Hozirda, Lada 4×4 deb nomlanadigan avtomobilga Rossiya va xorijda hamon qiziqiş katta. Yanada açinarlisi, u özi barpo qilgan avtomobilning 40 yilligi nişonlanadigan 5 aprelga oz fursat qolganida vafot etdi. Zavod uni dafn qiliş marosimi bilan boğliq barça xarajatlarni öz zimmasiga oladi», — deya bayonot bergan «AvtoVAZ» prezidenti Nikolya Mor.
Prusov uşbu avtomobilsozlik zavodiga 1970 yilda kelgan. 1972 yilda uni VAZ-2121 «Niva» loyihasining boş konstruktori etib tayinlaşdi. 1998-2003 yillar mobaynida korxonaning boş konstruktori bölib işlagan va «Oka», VAZ-2110, VAZ-2123 va Kalina modellarini işlab çiqarişda bevosita qatnaşgan.
Prusov 2017 yil fevral oyidan kompaniya vitse-prezidentining maslahatçisi lavozimida işlab kelayotgan edi.

















