Britaniyalik kişi musulmon diniga e'tiqod qiluvçi sobiq turmuş örtoğiga qarşi sud jarayonida mağlub böldi. Gap şundaki, sudya öğlining musulmonlar maktabida öqişini istamagan ateist-otaning da'vosini rad etdi. Bu haqida The Independent xabar berdi.
London Oliy sudi qarori bilan britaniyalik va uning sobiq turmuş örtoğining öğli kelgusi yildan islomiy örta maktabda ta'lim oladi. Özini "anglosakson ateist" deya tan oluvçi ota farzandining dunyoviy ta'lim olişi uçun kuraşgan, biroq sudya uning da'vosini rad etgan.
Ismi oşkor qilinmagan kişi öğlining onasi istaganidek faqat öğil bolalar öqiydigan islomiy maktabga çiqişiga mutlaqo qarşi bölgan. Britaniyalik ota musulmonlar ta'lim muassasasini masjiddagi maktab deb atagan.
Ateist-otaning advokati sobiq er-xotinning dunyoqaraşi turliça bölgani va uning himoyasidagi kişi farzandining neytral muhitda ta'lim olişini xohlaşini aytgan.
Britaniyalik kişi musulmon ayol bilan 9 yil davomida qonuniy yaşagan. Ayolga uylangaç, u islom dinini qabul qilgan, biroq ajrimdan keyin buni inkor qila boşlagan. Juftlik ajralib ketgaç, bola onasi bilan yaşagan va islomiy tarbiya olgan.












