Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni Navröz bayrami bilan qutlab, tabrik telegrammasini jönatdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Tabrik telegrammasida jumladan şunday deyiladi: "Öz qadimiyligi va ajoyib gözalligi bilan ajralib turuvçi Navröz azaldan Özbekiston va Tojikiston xalqlari mentalitetining, an'ana va ezgu intilişlarining öziga xosligi va yaqinligini gavdalantirib kelmoqda…Bu bayram, şuningdek, Özbekiston-Tojikiston hamkorligini bir-birini qöllab-quvvatlaş va özaro manfaatlar hisobga olingan qat'iy tamoyillar asosida har tomonlama kuçaytirişga sodiqligimiz ramzi hamdir. Özbekiston va Tojikiston örtasidagi qöşniçilik va uzoq muddatli har tomonlama hamkorlik bundan buyon ham mustahkamlanib borişiga işonaman».
Şavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon va uning oilasiga farovonlik hamda baxt, soğlik-salomatlik, yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, tojik xalqiga esa tinçlik, gullab-yaşnaş va yanada rivojlanişni tilagan.












