Yevropaga Örta yer dengizidagi Sitsiliya böğozi orqali bormoqçi bölgan 3 mingdan ortiq noqonuniy muhojir yakşanba kuni qutqarib olindi, deb xabar bermoqda Live Sicilia mahalliy naşri.

Yordam Italiya sohilni qöriqlaş xizmati, Yevropa Ittifoqining Örta yer dengizidagi EunavforMed harbiy-dengiz muhojirlik missiyasi, şuningdek qator nodavlat taşkilotlarga qaraşli kemalar iştirok etgan 22ta qutqaruv amaliyoti doirasida körsatilgan.

"Tong otişi bilan muhojirlarga töla bölgan juda köplab qayiqlar, barja (öziyurar yassi yuk kemasi) va şişirilgan sollarni köriş mumkin edi, yordam haqida juda köp murojaatlar böldi", - deyiladi naşr xabarida.

Italiya IIV ma'lumotiga köra, ötgan yilda mamlakatga Örta yer dengizi orqali rekord miqdordagi muhojirlar kelgan – 181 ming kişidan ortiq. Xalqaro muhojirlik böyiça taşkilot statistikasiga köra, yanvar-fevral oylarida Yevropaga Italiya orqali 10,7 ming inson kirib kelgan.