AQŞning Filadelfiya şahridan bölgan buxgalter Greg Pyatek Nyu-Yorkdagi "Eng baxtli soat" bari ustidan sudga şikoyat qildi. Gap şundaki, erkak AQŞ prezidenti Donald Tramp qöllab-quvvatlangan yozuvli boş kiyimida bölgani uçun bardan çiqarib yuborilgan.

Pyatekning aytişiça, u ikki dösti bilan barda hordiq çiqarayotgan bölgan. Erkak va uning döstlari ularga xizmat körsatayotgan ofitsiantni yonlariga çaqirişganda, u mijozlar yoniga kelmagan. Aniqlanişiça, ofitsiantning bunday qilişiga Pyatek ötirgan stolda Trampning saylovoldi kampaniyasi şiori bölgan "Amerikani yana buyuk qilamiz" degan yozuvli kepka turgani sabab bölgan. Qolgan ofitsiantlar ham şu sabab mijozlarga xizmat körsatişmagan. 

Bundan ranjigan mijozlar bar ma'murini çaqirtirib, unga sifatsiz xizmatdan şikoyat qilişgan. Biroq ma'mur öz xodimlari yonini olib, barda Trampni qöllab-quvvatlovçilar xuşlanmasligini aytgan. 

"Siz ketsangiz ham böladi, çunki heç kim sizga baribir xizmat körsatmaydi", deb aytgan ma'mur.

Endi Pyatek Manxetten sudida adolat qaror topişini istamoqda. Uning aytişiça, bar xodimlari uni kamsitişgan.