«Barselona» klubi rahbariyati vakillari «Yuventus» boş murabbiyi Massimiliano Allegrini bilan muzokara boşlagan. Premium Sport xabariga köra, tomonlar örtasida turinliklar jamoasining YeÇL doirasida «Portu»ga qarşi birinçi öyini oldidan aloqa boğlangan.

Kataloniyaliklar jamoasi 49 yoşli mutaxassisga 8,5 mln yevro maoş va 3 yillik şartnoma taklif qilmoqda. Agar u bu taklifni qabul qilsa, «Barselona» «Yuventus» bilan kelişib olişi qoladi.

Ayni paytda Allegri «Yuventus» bilan şartnomasini uzaytirmagan.

Bundan oldinroq u bilan «Arsenal» klubi ham jiddiy qiziqayotgani xabar qilingandi.

Allegrining hozirgi jamoasi bilan şartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Ma'lumot uçun, «Barselona» YeÇLning çorak finalida Allegri boşqaruvidagi «Yuventus»ga raqiblik qiladi.

Eslatib ötamiz, kataloniyaliklarning hozirgi boş murabbiyi mavsum yakunida jamoani tark etişini e'lon qilgan. Jamoa rahbariyati 1 iyun kuni yangi boş murabbiy nomini e'lon qilişga va'da bergan.