Audi kompaniyasi keyingi avloddagi A8 sedanining premerasi qaçon bölib ötişini ma'lum qildi. Ilk bora yangilik 2017 yilning 11 iyul kuni Barselonadagi marka yiğilişida namoyiş etiladi, keng ommaga esa Frankfurtda sentabr oyida taşkil etiladigan avtoşouda taqdim etiladi.
Audi’ning yangi modeli avtonom boşqaruv texnologiyasi, Traffic Jam Assist tizimining yangilangan nusxasiga (u tirbandliklarda boşqaruvni öziga olişi mumkin) ega bölişi mumkin.
Norasmiy ma'lumotlarga köra, sedanning motor gammasiga kamida ikkita benzinli va uçta dizelli dvigatel kiradi. Birinçi bölib tört litrli 460-kuçli V8 va 6,3 litrli W12, keyinroq esa – uç litrli 272 ot kuçiga ega V6, 408-kuçli tört litrli “sakkiztalik” va 500 kuçga ega beş litrli V10 taqdim etiladi.
Bundan taşqari, taşqi tarmoqdan quvvat oliş imkoniga ega gibridli kuç qurilmasi ham çiqarilişi mumkin.





















