Toşkent şahrida 20 mart kuni erta tongdanoq dam oliş maskanlari va istirohat boğlarida xalq sayillari boşlandi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat boğida taşkil etilgan sayilda iştirok etdi. Prezident istirohat boğiga soat 12da yetib kelgan, boğni aylanib çiqib, u yerda bölgan odamlar bilan salomlaşgan va suhbatlaşgan.
Şundan söng davlat rahbari parlament a'zolari, diplomatik korpus vakillari bilan birga bayramona bezalgan dasturxonda mehmon bölgan.
Şundan söng prezident va mehmonlar e'tiboriga bayram konserti taqdim etilgan. Mehmonlar dasturxonga tortilgan Navröz taomlaridan bahramand bölişgan.

Prezident bu boğda 1 soatga yaqin vaqt ötkazgan va keyin bayram taşkilotçilariga minnatdorçilik bildirib, boğni tark etgan hamda bayram tantanalari davom etayotgan boşqa nuqtalarga yöl olgan.

Bugun şuningdek, Özbekistonning barça hududlarida, boğ va saylgohlarida Navröz keng nişonlanmoqda. Saylgohlarda dorbozlar, qiziqçilar, xalq teatri vakillari, askiyaçilar, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk artistlarining çiqişlari hamda ommaviy sport öyinlari taşkil etilmoqda.













