Toşkent şahar hokimining qaroriga köra, Navröz bayrami munosabati bilan şaharning 20dan ziyod maydon va istirohat boğlarida sayillar taşkil etildi.
20 mart kuni erta tongdanoq mazkur hududlarda xalq sayillari boşlandi. Maydonlar, sayilgohlar, istirohat boğlarida milliy va bahor taomlari savdosi yölga qöyildi.
Har bir hududdagi maxsus tayyorlangan sahnalarda dorbozlar, qiziqçilar, badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, sirk artistlari, baxşilar, şoirlar, professional ijroçilar va iste'dodli estrada artistlarining çiqişlari hamda ommaviy sport öyinlari (polvonlar musobaqasi, arqon tortiş va hokazo) taşkil etildi.

Quyida uşbu hududlardan biri, Şayxontohur tumanida joylaşgan «Lokomotiv – Anhor» madaniyat va istirohat boği yonidagi maydondan tayyorlangan fotolavhalarni tomoşa qilişingiz mumkin.








































