Ötgan haftada yozgi transferlar vaqtida «Mançester Siti»ni 17 nafar futbolçi tark etişi haqida xabar berildi. Jamoa boş murabbiyi Xosep Gvardiola köp ötmasdan bu xabarga munosabat bildirib çiqdi va jamoa şunça futbolçidan voz keçişi imkonsiz iş ekanini aytdi. Bundan taxmin qiliş mumkinki, u 17 nafar futbolçidan bölmasada, bir qança futbolçidan voz keçadi. Tribuna.uz sayti maqolasida uşbu vaziyatga atrofliça baho berilgan.

Xosep Gvardiolaning Angliyadagi birinçi mavsumi halokatli keçmadi, ammo kutilganidek ham emas:

1) Hali «Mançester Siti» APLda kuçli törtlikdagi örinni va Çempionlar Ligasi yöllanmasini kafolatlamadi;

2) Angliya Kubogi – jamoa bu mavsumda qölga kiritişi mumkin bölgan yagona sovrin bölib qolmoqda, jamoa hozirça yarim finalda va jamoani «Arsenal» kutib turibdi;

3) Jamoa tarkibida ötgan yozda boşlangan özgarişlar hamon davom etmoqda va jamoa qurib bölinmadi.

Gvardiola ötgan yozdayoq tarkibda tozalaş işlarini olib borişi kutilgandi, ammo u 170 mln funtlik xaridlarni amalga oşirdiyu, deyarli heç kimni sotmadi. Oldindagi yozda u şu işni qilişi kerak böladi.

Quyidagi futbolçilarni yangi mavsumda Mançesterda körmasligimiz mumkin.

Serxio Aguero

Bu fakt emas, ammo Aguero uçun bu jamoadagi oxirgi mavsum ekani haqida köpçilik gapirmoqda. Argentinalik megaforvardning Gvardiola bilan munosabatlari joyida emas: ular ba'zan quçoqlaşib körişadi, ammo ba'zida murabbiy uni zaxira örindiğiga mixlab qöyadi. Yanvarda jamoaga Jyezus kelib qöşilgaç, aynan şunday böldi, agar u jarohat olib uzoq vaqtga safdan çiqqanida Aguero mavsum oxiriga qadar zaxira örindiğida qolişi ham mumkin edi. Aguero öyinini özgartirdi, pas berib öynaşni örgandi, ammo u baribir Gvardiolaning sxemalarida ortiqça figuraga aylanib qolavermoqda. Bu holatdan foydalanişga tayyor jamoalar bir qator va ular orasida «Real» ham bor.

Yaya Ture