Instagram foydalanuvçilarda töridan-töğri amalga oşiriladigan translyatsiyalarni efir tugaşi bilanoq saqlab qoliş imkoniyati paydo böldi. Bu haqida servisning rasmiy blogida xabar berildi. 

Strimni saqlab qoliş uçun ekranning yuqori öng burçagidagi belgini bosiş kerak böladi. Şundan söng translyatsiya ilovadan öçadi, videoyozuv esa foydalanuvçining qurilmasida saqlanib qoladi. Bundan taşqari, şarhlar, layklar, körilganlik körsatkiçlari va efir bilan boğliq boşqa ma'lumotlar yöqoladi. 

Servisda ta'kidlanişiça, bu 2017 yilda jonli translyatsiya funksiyasini yaxşilaş böyiça amalga oşirilgan "ilk qadamlar xolos". Yangi imkoniyatlardan iOS va Android platformalari ilovalarining sönggi versiyalarida foydalaniş mumkin.

Instagram jonli translyatsiyalar ötkaziş imkoniyatini 2016 yilning noyabrida yölga qöygan.