Çuntsin şahri (Janubi-Ğarbiy Xitoy) olimlari atigi ikki daqiqada insonning qon guruhi va rezus-omilini aniqlaş usulini işlab çiqişdi. China Daily gazetasining xabar berişiça, yangi usul nafaqat vaqt va qiymat jihatidan kamxarj, balki labaratoriyadan taşqarida foydalaniş uçun ham qulaydir. 

Qon guruhini aniqlaş qon quyiş, transplantatsiya, turli keçiktirib bölmaydigan operatsiyalar, homiladorlik va boşqa holatlarda juda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda şifoxonalarda buning uçun labaratoriya sentrifugalari qöllanadi, jarayonning özi esa yarim soatça vaqtni oladi. Biroq Çuntsin 3-harbiy tibbiyot universitetining nanotibbiyot guruhi mutaxassislari bundan-da zamonaviy usulni işlab çiqişdi. 

Uning asosida qon kislotaliligiga ta'sirçan reagent yotadi. Suyuqlik namunasi uşbu reaktiv bilan töyintirilgan qoğozga tuşirilganda qonda eng köp tarqalgan oqsillar - albuminlar - körsatkiç bilan reaksiyaga kirişadi. Qon rangining özgarişiga qarab qurollanmagan köz bilan uning rezus omilini aniqlaş mumkin böladi. 

Mazkur dastur böyiça tadqiqotlar 2014 yildan beri olib borilmoqda, olimlar bu vaqt içida deyarli 3,55 ming qon namunasini örganib çiqişdi, uşbu usul aniqligi esa 99,95 foizni taşkil etdi. 

"Biz yaqin bir-ikki yilda namunalar sonini köpaytirib va aniqlik darajasini yanada oşirib, klinik sinovlarni davom ettirmoqçimiz", - deydi tadqiqotlar guruhi rahbari Çjan Xun. Uning sözlariga köra, tibbiyot xodimlari jamoasi mazkur usul aniqligini 99,98 foizga kötarmoqçi. 

Mutaxassis şuningdek zarur mahsulotlarni ommaviy işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun hozirda biokimyoviy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilayotgani aytdi. 

"Bizning baholarimizga köra, yangi usul mavjud texnologiyalardan 40 foizga arzon böladi. Uning yaqin uç yil içida bozorga çiqişiga umid qilamiz", - dedi Çjan Xun.