Rossiya Davlat dumasining iqtisodiy siyosat böyiça qömitasi raisi örinbosari, mudofaa-sanoat majmuasi taşkilotlarining rivojlanişini huquqiy ta'minlaş komissiyasi raisi Vladimir Gutenev Rossiya Xitoyga S-400 "Triumf" havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlarini yetkazib berişni boşlaganini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Hindiston hozirda S-400’ga qiziqiş bildirmoqda. Hozir biz Xitoyga S-400’ning birinçi divizionlarini yetkazib berdik", deb aytgan Gutenev.

Gutenevning aytişiça, ayni vaqtda Hindiston va Turkiya S-400’ni olişga "navbatda turibdi".

Xitoy S-400 tizimini xarid qilişga 2015 yil aprelda şartnoma tuzgan.