Amerikaning Samsonite çamadonlari işlab çiqaruvçisi Vodafone mobil operatori bilan hamkorlikda yangi maxsus qurilmasini namoyiş etdi. Yuk joyini aniqlaşga yordam beruvçi qurilmaning nomi - Track&Go. Bu haqida 21 mart kuni "Lenta.ru" naşrida ma'lum qilindi. 

Track&Go ikki tamoyilga asoslanadi: yukning yaqinlaşgani va geolokatsiyasi haqida xabar beriş. Maxsus xabarlar tufayli inson öz yukining diapazondan çiqişi haqida signal olib, smartfonidan uni nazorat qiliş imkoniga ega böladi.

Samsonite kompaniyasi 1910 yilda Denver (AQŞ)da taşkil topgan bölib, u sumka, portfel va boşqa yuk taşuvçi moslamalarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. 

2017 yilning yanvar oyida kompaniya sumka va portfellarining yangi kolleksiyasini namoyiş qildi. Unga qora va jigarrangdagi Equinox klassik modeli, şuningdek dolzarb trendlar va vintajni birlaştirgan West Harbor yangi lineykasi kiritilgan. Yana bir yangilik - planşet va noutbuk uçun maxsus bölimlari bölgan Sygnum.