Xaridor yaponiyalik xususiy kolleksioner bölgan, uning şaxsi oşkor etilmagan.

Bundan oldingi rekord timsoh terisidan işlangan hamda brilliantlar qadalgan Hermès Kelly sumkasiga tegişli bölib, u 2021 yilda kimoşdi savdosida 513 ming dollarga pullangandi.

Auksion uy xabarida aytilişiça, Birkin sumkasi 10 daqiqa davom etgan savdoda sotilgan, unda töqqiz nafar xaridor iştirok etgan.

Eng köp xohlanadigan moda aksessuari

Qora çarm sumka 1985 yilda qöşiqçi va aktrisa Jyeyn Birkin uçun tayyorlangandi, öşanda u samolyotda Hermès boşqaruv raisi Jan-Lui Dyum bilan yonma-yon ötirganida sumkasini tuşirib yuborgan, uning içidagi buyumlari soçilib ketgandi. Jyeyn Birkin öşanda qöşnisidan modalar uyi nega ayollar uçun çöntaklari qulayroq bölgan kattaroq sumkalar işlab çiqarmasligi haqida söraydi.

Jan-Lui Dyuma köp ötmay aktrisaning xohişiga mos keladigan ayollar sumkasi eskizini çizadi.

Keyinroq Hermès modalar uyi uşbu dizayndagi sumkalarni sotuvga çiqaradi va bu aksessuar vaqt ötib dunyodagi eng taniqli va köpçilik qölga kiritişni istaydigan haşamatli aksessuarlardan biriga aylanadi.

1994 yilda Jyeyn Birkin OITSga qarşi kuraşuvçi xayriya taşkilotiga mablağ yiğiş uçun öz sumkasini auksionga qöyadi.

1994 yilda Jyeyn Birkin OITSga qarşi kuraşuvçi xayriya taşkilotiga mablağ yiğiş uçun sumkani auksionda sotgan.

Sotheby's auksion uyi vakili Morgan Halimi sumkaga berilgan narx «afsonaning hayratomuz kuçi» va uning kolleksionerlarni noyob tarixga ega narsalarni sotib olişga undaş qobiliyatini namoyiş etişini ta’kidladi.

«Birkin sumkalari prototipi – aynan şunday, buyuk tarix boşlangan narsa, bizga zamonaviy idolni bergan narsa, Birkin sumkasi – dunyodagi eng orzu qilinadigan sumka», – degan Halimi.

Hozirda Birkin’ning ayrim modellari ön minglab dollar turadi. Bunday sumkalar egalari qatorida – Keyt Moss, Viktoriya Bekhem va Jyennifer Lopes kabi maşhurlar bor.