Technovation Challenge xalqaro tanlovi joriy yil boşida Özbekiston Bolalarni va oilalarni qöllab-quvvatlaş assotsiatsiyasi taşabbusi bilan  Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi kömagida ilk marotaba oçilgan edi. 

Quyidagilar ham tanlov taşkilotçilari hisoblanadi:
Toşkent şahar Hokimiyati,
Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi,
Özbekiston «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati, 
BMT huzuridagi “Özbekistonda davlat xizmatlari sifatini yaxşilaş böyiça  elektron davlat  taraqqiyotini ilgari suriş” loyihasi,
Toşkentdagi Inxa universiteti,
“UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantiriş va joriy etiş markazi.

Technovation Challenge  – xalqaro ta'lim dasturi (tanlov) bölib, dunyoning 78 mamlakatida samarali taşkillaştirilib borilmoqda. Uning maqsadlari sirasiga xotin-qizlarni IT, a'ni axborot texnologiyalari  sohasiga jalb etiş, tanqidiy fikrlaşni rivojlantiriş, tadbirkorlik va dasturlaşni örgatiş kabi vazifalar kiradi. Dastur 2010 yildan beri olamga donği ketgan Google, Adobe, Intel, Oracle va Dropbox singari global IT  kompaniyalari yordamida ötkaziladi va amalga oşiriladi.

Tanlovda qatnaşayotgan jamoalar, BMTning 6 ta ustuvor maqsadi sanalgan “qaşşoqlikka qarşi kuraşiş, ta'lim, tenglik, salomatlikni saqlaş, atrof-muhitni asraş va tinçlikni mustahkamlaş” mavzusidagi vazifalardan birini tanlab, ijtimoiy muammoni hal eta oladigan mobil ilova yaratişlari kerak. 

Jamoa 15 yoşdan 18 yoşgaça bölgan 5 nafar qizdan iborat. Murabbiylarning aksariyati  biznes hamda axborot texnologiyalari va muhandisligi ta'lim yönalişlarida tahsil olganlar. Tanlov 12 haftalik dasturga asosalangan bölib, unda jamoalar murabbiylari bilan tayyorgarlik köradilar va dasturlaş bilan şuğullanadilar.

LimitBusters jamoasining murabbiysi, marketing va biznes rejalaş böyiça mutaxassis  Natalya Yusupova “men uçun ham yengil va öz navbatida öta qiyin bölgan uşbu körik tanlovda ustozlik qiliş va jamoa tuziş ilk tajriba böldi. Dastur böyiça iş boşlaganimizda ilova uçun ğoyamiz yöq edi. Keyin mobil ilovada muammoni qanday körsatişga e'tibor qaratdik. Jamoaning ba'zi a'zolari men kabi  birinçi marta dasturlaşni örganmoqda. Boşlaş qiyin keçdi. Biroq qizlarimiz maqsad sari intiluvçan, faol va heç qaçon yutqazişni istamagani uçun biz tez natijaga erişdik va ayni damda kodlaş hamda biznes reja ustida iş olib borayapmiz. Men qizlarning ota-onalariga, farzandlarini har tomonlama ustuvorlikka erişişida va ularni Özbekistonda IT sohani taraqqiy ettirişda dastaklayotganlari uçun minnatdorçiligimni izhor etaman va bölğusida dasturlovçi qizlar soni kundan kunga ortişiga işonaman” deb munosabat bildirgan.