Argentina terma jamoasi va «Barselona» futbol klubi öyinçisi Lionel Messi Alfa-bankning 2018 yilgi yuziga aylandi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Avvalroq rossiyalik sport jurnalisti Nobel Arustamyan tvitterdagi sahifasida şu haqda aytib ötgandi. «Demak, Messi Rossiyaga yanada yaqinroq böldi», - deya yozgan u. Jurnalistning qayd etişiça, futbolçi endilikda «Alfa-bankning yuzi». Bu taşkilot Rossiyada bölib ötadigan futbol böyiça 2018 yilgi jahon çempionatining rasmiy banklaridan biri sanaladi.
Bunga qadar Messining Alfa-bank logotipidagi futbolkada ötirgani tasvirlangan fotosuratini Life öz Telegram-kanalida e'lon qilgandi.












