AQŞ prezidenti Donald Trampning öğli Erik Trampning Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, özi va oilasiga tahdidlar bölgan. Trampning sözlari The Hill gazetasi tomonidan keltirildi.
Kiçik Trampning sözlariga köra, unga va oilasi barça a'zolariga tahdidlar kuzatilgan. U Tramplarga aynan kim tahdid qilganiga aniqlik kiritmadi, şuningdek, bu tahdidlar haqida tafsilotlarni oşkor qilmadi. Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, ularning uyida oq kukun «paydo bölib qolgan».
«Bizning barçamizda uyda oq kukun paydo bölib qolgandi», - deya aytib ötdi Tramp.
Avvalroq, Trampning kelini oq kukunli konvert tufayli kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi. Keyinçalik politsiya kukunda şubhali heç narsa topmaganligini xabar berdi.












