Britaniyalik taniqli komik aktyor Rouen Atkinson unga maşhurlik keltirgan janob Bin rolini Xitoyning "Eng kulgili komediya: film" suratida yana ijro etadi. Bu haqda Independent naşri xabar bermoqda.
Film yaratuvçilarining aytişiça, suratga oliş guruhi aktyor xitoyçani bilmagani sabab u bilan imo-işoralar va mimikalar yordamida muloqot qilgan.
Suratda 5 döstning Xitoyning qimor öyinlari poytaxti sanaluvçi Makaoga safari haqida sözlanadi. Ular Makaoda adaşib qolib, boksçi Mayk Taysonni uçratib qolişadi.
Janob Bin Atkinsonning eng maşhur, biroq yagona roli emas. U bir neçta filmlarda suratga tuşgan. Aktyor 2016 yilda "Megre qopqon qöymoqda" trillerida komissar Jyul Megre rolini ijro etgan.












