AQŞning Janubiy Kaliforniya universitetida talabalar tomondan yiğilgan Fathom II raketasi talabalar jamoalari tomondan yasalgan raketalar orasida balandlikka uçiş böyiça jahon rekordi örnatdi. Ma'lum qilinişiça, raketa Nyu-Meksiko ştatidagi "Amerika" deb nomlangan xususiy kosmodromdan uçirilgan va 44 km balandlikka erişa olgan.

Raketa 3 oy yiğilgan. Bu vaqt davomida talabalar nafaqat raketaning dizaynini, balki parvoz vaqtida yerga ma'lumotlarni uzatiş uçun avionikasini ham işlab çiqişgan. "Raketani uçirişdan maqsad atmosfera va koinot örtasidagi şartli çegara sanaluvçi  Karman çiziğiga erişiş bölmagandi. Maqsad ungaça bölgan masofaning yarmidan yuqoriroqqa, ya'ni 55 km balandlikka kötariliş bölgandi. Jamoaning avvalgi rekordi 19 km bölgan", deyilgan xabarda. 

Raketa parvoz vaqtida tovuş tezligidan 4 marta kattaroq tezlik bilan uçgan va uçirilgan joyidan 11 km uzoqlikda paraşyutda qöngan. Bu parvoz avval AQŞning Delft Aerospace Rocket Engineering (21 km) jamoasi va HyEnD nemis jamoasi (30 km) tomondan örnatilgan balandlik rekordlarini ortda qoldirdi.