Apple kompaniyasi ortiqça şovqin va tadbirsiz yangi rangdagi iPhone 7 hamda 7 Plus’ni taqdim etdi. Şuningdek kompaniya yangi planşet – iPad’ni ham namoyiş etdi. Ha, endi u şunçaki iPad deb nomlanadi.

Qizil iPhone OITS bilan kuraşga yönaltirilgan RED dasturini qöllab-quvvatlaş maqsadida yaratildi.
Yangi rangdagi iPhone 7 va 7 Plus’ni butun dunyo böylab juma, 24 mart kunidan sotib oliş mumkin. Product RED smartfonlari faqatgina 128 GB va 256 GB.li modifikatsiyaga ega.
iPhone 7 narxi – 990,24 AQŞ dollariga teng bölsa, 7 Plus – 1152,61 dollar turadi.
Şunçaki iPad

Şuningdek Apple kompaniyasi yangi planşet – iPad’ni taqdim etdi. Endilikda 9,7 dyuymli planşetlar şunçaki iPad deb ataladi.
Yangi planşet iPad Air 2’ni almaştirdi va oddiy foydalanuvçilarga möljallangan. Planşetning narxi – 32 GB.lik modelga 405,74 AQŞ dollari. Köproq narsani xohlaydigan foydalanuvçilar uçun esa 9,7 dyuymli displeyga ega iPad Pro bor.
iPad’ning köplab öziga xos jihatlari noma'lum. U iPhone 6S va SE’da örnatilgan Apple A9 protsessorida işlaydi. Ekran kengligi an'anaviy - 2048x1536 piksel. Qurilma 10 soat davomida avtonom ravişda işlaşi mumkin. Unda 8 MP.lik asosiy kamera va barmoq izlari skaneri ham bor.
iPad’ga 24 martdan buyurtma qiliş mumkin.
Kiçik yangilanişlar
Apple iPhone SE’ni yangiladi. Endilikda eng kiçik smartfon 32 GB va 128 GB.lik xotira hajmida taqdim etiladi. U mos ravişda 535,63 va 665,52 dollar turadi. Avval iPhone SE’da faqatgina 16 GB va 64 GB xotira bor edi.










