Eng yirik aloqa operatori Beeline butun respublika böylab 20 mart kuni Xalqaro mijozlar kunini nişonladi. Beeline’ning şaxsiy savdo va xizmat körsatiş ofislarida abonentlarga maslahatçilar bilan bir qatorda kompaniyaning top-menejyerlari va filial rahbarlari xizmat körsatdilar. 

Voqeani şarhlar ekan, Unitel’ning mijozlar tajribasi loyihasini rivojlantiriş böyiça rahbari Yekaterina Bakiyeva şunday dedi: “Maqsadimiz — mijozlarning haqiqiy ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda abonentlar uçun yanada yaqin, qulay va tuşunarli böliş. Ötgan yilda biz taqdim etilayotgan xizmatlarni yaxşilaş va xizmat körsatiş qulayliklari sifatini oşiriş böyiça işlar olib bordik. Bu işlar hozir ham davom etmoqda”. 

Xalqaro mijozlar kuni 2010 yildan beri nişonlanib kelmoqda. Bu yangilik butun dunyo böylab tez tarqadi, va uni minglab kompaniyalar va tadbirkorlar qöllab-quvvatladilar. Beeline ikki yildan beri mijozlar bayramini keng nişonlamoqda.