Özbekiston va Kanada örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 25 yilligi arafasida uşbu davlatning Özbekistondagi (qarorgohi Moskva şahrida joylaşgan) Favqulodda va muxtor elçisi Jon Ronald Kyor ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari haqidagi mulohazalari bilan bölişdi. Bu haqda «Jahon» axborot agentigi xabar qilgan.
Mazkur muhim sana munosabati bilan yurtingizga kelib, bu yerda suhbatlaşiş imkoniga ega bölganimdan xursandman. Kanada va Özbekiston ötgan yillar davomida turli sohalarni samarali rivojlantiriş uçun jiddiy faoliyat olib bordi.
Bugun ikki mamlakat aloqalarida yangi sahifa oçilmoqda — oldimizda navbatdagi çorak asr turibdi. Işonamanki, birgalikdagi intilişlarimiz orqali biz döstlik va hamkorlikni çuqurlaştiriş va kengaytirişni davom ettiramiz, munosabatlarimiz tarixining yangi sahifalarini yozamiz.
Mavjud salohiyatni amalga oşirişga qodir bölgan samarali savdo-iqtisodiy aloqalar örnatildi. Şuningdek, diplomatik munosabatlarimiz örnatilganining 25 yilligi arafasida UzMining Expo-2017 tadbirida qatnaşiş uçun Toşkentga Kanadaning köp sonli vakillardan iborat guruhi özbekistonlik şeriklari bilan ikki tomonlama munosabatlarni kengaytiriş maqsadida yetib kelgani quvonarlidir. Bu hamkorligimiz tarixidagi Kanada biznes hamjamiyatining eng katta delegatsiyasi ekanini alohida ta'kidlamoqçiman. Mazkur guruh toğ-kon sanoatiga ixtisoslaşgan 18 ta kompaniya vakillaridan iborat.
Biz qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratib kelganmiz va bundan keyin ham şunday böladi. Bugungi kunda quriliş tarmoğidagi texnologiyalar va uslublar bilan boğliq barça yönalişlarda birgalikdagi faoliyatni yölga qöyişni möljallamoqdamiz.
Sözim yakunida ikkala mamlakatning 25 yil davomida birgalikdagi faoliyati hamkorlikni muvaffaqiyatli davom ettirişning mustahkam poydevorini yaratganini qayd etmoqçiman. Bizning hamkorligimiz köplab sohalarni qamrab olmoqda va yildan yilga kölami kengayib bormoqda. Quvonarlisi, boşlagan işlarimiz amalga oşirilmoqda va biz kelgusida ham ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiriş tarafdorimiz.
Fursatdan foydalanib, bahorning gözal Navröz bayrami arafasida Özbekiston xalqiga özimning eng ezgu tilaklarimni yöllayman. Barçaga mustahkam soğlik, baxt, tinçlik, farovonlik hamda Kanada va Özbekiston örtasidagi döstona munosabatlarning davom etişini tilayman.












