Odamlar bilan osonlikça tanişiş va muloqot qilişni istovçilarga "Layfxaker" tavsiyalari:
1. Smartfoningizni parvoz rejimiga ötkazing
Şunda sizning boşqalar bilan muloqotingizga heç kim xalaqit bermaydi. Özingiz ham telefonga çalğimaysiz va bor diqqatingizni suhbatga qaratasiz. Kimningdir ijtimoiy tarmoqlardagi izohiga keçroq javob bersangiz, buning heç qanday yomon tomoni yöq.
2. Ikkingizni ham qiziqtirişi mumkin bölgan mavzularni tanlang
Ba'zan yangi taniş orttiriş qiyin böladi. Bunday paytlarda döstlaringizdan kim bilandir taniştirib qöyişni sörang. Bu usul real hayotda ham, onlayn hayotda ham iş beradi. Agar u inson bilan umumiy tanişlaringiz bölmasa, ikkingizga ham qiziq bölgan mavzularni topişga harakat qiling. Suhbatdoşingizga savollar berib, özingiz haqingizda sözlab berişdan qörqmang.
3. Noodatiy savollar bering
Şaxsiy mavzularni muhokama qiladigan kişilar özlari bilmagan holatda yaqin bölib qolişadi. Hamma bilgisi kelgan, lekin söraşga qörqadigan narsalarni sörang. Qöşimça savollar berib, suhbatni davom ettiring. Bunday savollar köp, masalan:
- Hayotingiz davomida nimadan köproq qörqqansiz?
- Eng zör sayohatingiz haqida sözlab bering.
- Sizga özingizning turmuş tarzingiz va uslubingiz yoqadimi?
- Dunyoda eng yaxşi körgan narsangiz?
- Oila a'zolaringizdan taşqari, kimlar sizga eng esda qolarli hayotiy saboq bergan?
4. Odamlarning közlariga qarang
Suhbatdoş bilan yuzma-yuz gaplaşiş insonlarni bir-biriga yaqinlaştiradi. Şu tariqa siz unga bölgan samimiy qiziqişingizni namoyon etasiz. "Közlar - qalb oynasi", deb bekorga aytişmaydi, axir.
5. Ilhomlantiring
Odamlar bilan qanday ohangda muloqot qilişingiz katta ahamiyatga ega. Suhbatdoşingizni öz kuçini sinab körişga majbur qiling. Uni qöllab-quvvatlang, maslahat bering, şaxsiy tajribangiz bilan örtoqlaşing. Insonlarni yangi muvaffaqiyatlarga ilhomlantiring. Şunda siz boşqalarda özingizdan keyin ijobiy taassurot qoldirasiz, insonlar siz bilan yana uçraşiş istagida bölişadi.













