Bugun, 19 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kanadaning mamlakatimizda öz diplomatik missiyasini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Moskva şahrida) Jon Ronald Kyorni qabul qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy sayti ma'lum qildi.

Bölib ötgan suhbat çoğida barça jabhalarda ikki tomonlama aloqalarning ijobiy ösişi kuzatilganligi qayd etildi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar, turistik va boşqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirişdan ikki tomon ham manfaatdorligi tasdiqlandi.

Uçraşuv yakunida vazir elçiga Özbekiston – Kanada hamkorligini faollaştiriş, unga köp qirrali tus berişga qöşgan şaxsiy hissasi uçun minnatdorlik izhor etdi.

Kanada elçisi, öz navbatida, samarali va sermahsul faoliyat körsatişi uçun yaratilgan qulay şaroitlar uçun Özbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.