Özini Turkish Crime Family deb atovçi xakerlik guruhi agar Apple kompaniyasi ularga pul tölamasa, unda özi tanlagan istalgan iPhone smartfonidagi ma'lumotlarni öçiriş bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Motherboard naşri xabar bermoqda. 

Xakerlar iCloud bulutli xizmatidagi katta hajmdagi ma'lumotga va Apple foydalanuvçilarining 300 mln elektron adresiga egaliklarini aytib, tovlamaçilik qilmoqdalar. Ular özlaridagi bu ma'lumotlarni öçirib taşlaş uçun bitkoinlarda 75 ming dollar yoki 100 ming dollarlik iTunes sovğa kartalarini talab qilişmoqda. Xakerlar agar kompaniya 7 aprelgaça söralgan pulni tölamasa, iCloud’ning bir qança akkauntlarini öçiriş va bir neçta tanlab olingan iPhone’dagi ma'lumotlarni masofadan turib öçiriş bilan tahdid qilmoqda.

Xakerlar öz sözlari isboti sifatida Apple xavfsizlik xizmati bilan yozişmalari skrinşotini va öğirlangan akkauntlardan biriga buzib kirişlari tasvirlangan videoni namoyiş qilişgan.