JÇ–2018 saralaş bosqiçi 6-turidan örin olgan Suriya – Özbekiston uçraşuvini Özbekiston terma jamoasining yana ikki nafar futbolçisi ötkazib yuborişi mumkin. Bu haqda terma jamoa boş murabbiyi Samvel Babayan ma'lum qilgan.
«Saralaş bosqiçida oltinçi öyin ostonasida turibmiz, biroq optimal tarkibda öynaş nasib etmayapti. Denisov maydonga tuşa olmaydi, hujum çiziğidagi Igor Sergeyev va Eldor Şomurodovning ertangi bahsda iştirok etişi ham söroq ostida turibdi.
Şunga qaramay, bellaşuvga jiddiy tayyorgarlik kördik va maydonda nimaga qodir ekanimizni körsatib, biz uçun kerakli natijani qayd etişga harakat qilamiz», deya Babayandan iqtibos keltiradi ÖFF rasmiy sayti.
Eslatib ötamiz, Suriya va Özbekiston uçraşuvi 23 mart kuni Malayziyaning Malakka şahridagi Hang Jebat Stadium stadionida bölib ötadi. Öyin Toşkent vaqti bilan 17:00 da start olişi rejalaştirilgan.












