Özbekiston Markaziy banki 2017 yil 23 martdan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
23 martdan e'tiboran 1 AQŞ dollari 48 söm 10 tiyinga ösib, 3548 söm 11 tiyinga yetgan.
1 yevro qiymati esa 3801 söm 58 tiyin (14 martdagi kursga nisbatan 91 söm 14 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli 61 söm 99 tiyin (14 martdagi kursga nisbatan 2 söm 89 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib ötamiz, valyuta qiymatini belgilaş çoğida Markaziy bank mazkur valyutalarni uşbu qiymatda sotiş yoki sotib oliş majburiyatini olmagan.











