Futbol böyiça Germaniya terma jamoasi Dordmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida keçgan örtoqlik uçraşuvida Angliya terma jamoasini kiçik hisobda mağlub etdi.

Bellaşuvdagi yagona gol 69-daqiqada terma jamoa uçun özining sönggi uçraşuvida maydonga tuşgan Lukaş Podolski tomonidan kiritildi. 31 yoşdi forvard jarima maydonçasi taşqarisidan turib darvozaning “töqqizligini” aniq nişonga oldi. Bundestim uçun 130 uçraşuvda 49ta gol urgan Podolski 84-daqiqada özgartirildi hamda maydonni gulduros qarsaklar ostida tark etdi.

Germaniya – Angliya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 69 Podolski.
Germaniya – ter Stegen, Xummels, Ryudiger, Xektor, Vaygl (Jan, 66), Kimmix, Sane, Kroos, Brandt (Şyurrle, 59), Podolski (Rudi, 84), Verner (Myuller, 77).
Angliya – Xart, Keyxill, Smolling (Stounz, 84), Bertran (Şou, 83), Kin, Alli (Lingard, 71), Livermor (Uord-Prouz, 83), Lallana (Redmond, 66), Dayyer, Uoker, Vardi (Reşford, 70).