Yaqinlar va tanişlarimizning xabarlariga javob yoziş, ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni izohlaş, qidiruv xizmatidan foydalaniş va köplab boşqa matnlarni teriş  uçun har kuni qança vaqt yöqotişimizni hisoblaş qiyin. Matn kiritişning asosiy usullari u qadar köp emas, lekin ularning barçasi gadjyet foydalanuvçilari orasida keng qöllaniladi. Şotlandiyalik olimlar matn terişning yana bir usulini öylab topişdi, bu sizlarga biroz noodatiy tuyulişi mumkin. Hi-News'da şu haqida ma'lumot berildi. 

Şotlandiyaning Sent-Endryus universiteti xodimlari öz ixtirolarini SWiM (Shape Writing in Motion) deb ataşdi. Sizda katta fablet yoki planşet bölsa, unda bir qölda, ba'zan esa ikki qölda ham matn teriş u qadar qulay emasligini yaxşi bilsangiz kerak. Işlab çiqaruvçilar bu muammoni hal qilişga köp bor urinişdi: klaviatura ikki qismga (har bir qölga alohida) ajratildi, uning hajmi kiçraytirildi va hokazo. Biroq şu kungaça eng qulay, asosiysi - universal qarorning özi yöq.

Şotlandiyaliklar gigant gadjyetlar hamda mitti qurilmalarda matn terişning noodatiy usulini taklif qilişdi. Bundan buyon qurilmadagi boşqa tugmani bosib yuborişdan çöçimasa ham böladi. Foydalanuvçi kursorni virtual klaviaturadagi harflar böyiça harakatlantirsa bölgani. Hattoki tajribasiz kişilar ham bir yarim soatda daqiqasiga 32 söz terişgan va matn teriş tezligini oşirişda davom etişgan. 

SWiM aqlli soatlar, şuningdek katta ekranli fabletlar kabi gadjyetlarga juda mos tuşadi. Işlab çiqaruvçilar zarurat tuğilgan taqdirda tizimni virtual reallikka ham moslaştiriş mumkinligiga işonç bildirişmoqda.