Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 mart kuni Ostona şahrida «Vatan himoyaçilari» monumentiga gul qöydi.

Uşbu monument Prezident Nursulton Nazarboyev taşabbusi bilan 2001 yil Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan qozoğistonlik Vatan himoyaçilari xotirasiga bağişlab bunyod etilgan.

Davlat rahbari tinçlik, ozodlik yölida jon fido qilgan vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Yodgorlik majmuasi bilan tanişdi.

«Tinçlik, ozodlik yölida jon fido qilgan vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston poytaxtidagi Davlat rahbarlari xiyoboniga köçat ötqazdi. Bu yerda Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov ekkan daraxt baravj ösmoqda», — deyiladi ÖzA xabarida.