Daromadli va uzoq muddat yashovchan biznes qurish har bir tadbirkorning orzusi. Bunga esa «bilim», «tajriba» va «mablag‘»dan iborat oltin uchlik jamuljam bo‘lgandagina erishish mumkin. Ushbu seminar sizni tadbirkorlik sohasiga tegishli bo‘lgan poydevor bilimlar bilan qurollantiradi.
Seminardan so‘ng:
1. Oldin hech qayerda eshitmagan ma'lumotlarga va bilimlarga ega bo‘lasiz. (Intellektual jihatdan boyiysiz!)
2. Raqobatchilaringizdan ma'lumot jihatidan so‘zsiz ustunlikka ega bo‘lasiz. (Unutmang! Tashqarida informatsiya asri hukm surmoqda!)
3. Javobini izlab yurgan savollaringizning 90 foiziga javob topasiz. (Va nihoyat, miyangizning quvvati yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi uchun sarflana boshlaydi).
4. Nima uchun shu paytgacha o‘zingiz xohlagandek muvaffaqiyatga erisha olmaganligingiz sababini anglab yetasiz. (Hayratlanasiz!)
5. Oldin sezilmagan hamda ahamiyat berilmagan narsalar, voqea-hodisalar va o‘zgarishlarni nafaqat seza boshlaysiz, balki his eta boshlaysiz. (Transformatsiya effekti).
6. Biznesingiz kelajagini (kamida 3—5 yil) va uning rivojlanish bosqichlarida bosib o‘tadigan yo‘lini taxminan «ko‘ra boshlaysiz» (Uzoqni ko‘ra bilish).
7. Mahsulot nomidan, logotipidan, qadoqlanishi va dizaynidan hamda reklama materiallari va aksiyalaringizdan sizning tadbirkorlik sohasi bo‘yicha savodxonlik darajangiz ufurib turadi (shaxsiy imij).
8. O‘qishga, o‘rganishga va o‘z ustingizda ishlashga bo‘lgan ishtiyoqingiz va rag‘batingiz ortadi (shaxsiy o‘sish = biznesingiz o‘sishi).
9. Muvaffaqiyatga olib boradigan yo‘lni qisqartirish qurollariga ega bo‘lasiz. (Natijada, mehnatlaringiz samarasidan rohatlanish onlarini uzoq kutmaysiz!!!)
10. Eng asosiysi, sizga vaqt va mablag‘ jihatidan qimmatga tushadigan xatolarning oldini olib qolasiz!
Biznes-trening olib boruvchi spiker haqida ma'lumot:

Mehriniso Abdurazakova
Biznes trener.
Ma'lumoti oliy — Toshkent Davlat universiteti.
Forta Business Education trening markazi rahbari.
«O‘zbekiston» telekanali «Biznes Start» ko‘rsatuvi biznes-eksperti.















