Şveytsariyaning Jyeneva şahrida Suriya böyiça muzokaralarning beşinçi raundi payşanba kuni boşlanadi. U Damaşq yaqinida Suriya armiyasi va jangarilarning töxtovsiz töqnaşuvlarida fonida start olmoqda.

Xalqaro vositaçilar fikriça, Jyenevadagi muzokaralar tomonlarni muloqotga qaytarişi kerak. 

Moskva rasmiy Damaşq va muxolifat delegatsiyasini siyosiy barqarorlikka erişiş uçun harakat qilişga çaqirmoqda. Jyenevadagi maslahatlaşuvlardan avval esa BMTning Suriya böyiça maxsus vakili Staffan de Mistura Moskvaga keldi. “Jyenevadagi muzokaralar törtta taklifni muhokama qiliş asosiga qurilgan bölişi kerak, ular BMT XKning 2254 rezolyutsiyasini implementatsiya qilişga olib kelişi lozim. Beşinçi raund avvalgisi bilan soliştirganda ança sermahsul bölişi kutilmoqda”, - deya aytib ötdi BMT maxsus vakili Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uçraşuv yakunida.

Takliflar Suriyadagi boşqaruv, konstitutsiya, saylovlar hamda terrorizm bilan kuraş masalalariga tegişli. De Mistura Moskvadan Anqaraga jönab ketdi hamda u yerda turk tomoni bilan “barça masalalarni” muhokama qiladi. 23 mart kuni keçqurun u Jyenevaga qaytib keladi, Suriya böyiça maslahatlaşuvlar esa uning örinbosari Ramzi Ezeldin Ramzi boşçiligida start oladi.

Şuni ta'kidlab ötiş joizki, de Misturaning Moskva hamda Anqaraga taşrifidan avval uni Damaşqda qabul qilişdan boş tortişdi. Maxsus vakilning murojaatiga Suriya Arab Respublikasi hukumati rad javobini bergan. 

Suriyaning mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Başar Jaafari boşçiligidagi delegatsiyasi, Muzokaralar böyiça oliy qömitaning Nosir Hariri boşçiligidagi delegatsiyasi, şuningdek “Qohira guruhi” Jyenevaga yetib kelgan. Bugun, payşanba kuni muxolifat vakillari kelişi kerak.

Şuningdek Jyenevadagi muzokaralarda XXRning Suriya böyiça maxsus vakili Si Syaoyan ham böladi. Diplomat maslahatlaşuvlar doirasida kimlar bilan uçraşişiga oydinlik kiritilmagan.