Business Insider naşri 2017 yilda taqdim etilgan eng öziga xos avtomobil kontseptlarini bir yerga jamladi. Quyida bu haqdagi ma'lumot taqdim etiladi.
Fiat Chrysler

CES 2017 körgazmasida Fiat Chrysler kompaniyasi millenialdagi elektromobil kontseptini taqdim etdi.

Maşina batareyaning bir quvvat olgan holatida 400 kilometrdan köproq masofani bosib ötişi mumkin. Kontsept tez quvvatlantiriş stansiyasida energiya zaxirasi 50 foizini 20 daqiqada tiklaşi mumkin.

Avtomobil lidar, datçiklar va sensorlar bilan jihozlangan, ular harakatlanişning haydovçisiz rejimini qöllab-qöllatlaydi – biroq bu faqatgina yöl infratuzilmasi obektlarida röy berişi mumkin.
Rinspeed Oasis

CES körgazmasida taqdim etilgan yana bir kontsept – salonida "boğ" bölgan Rinspeed Oasis.
Boğ avtomobil old oynasi tagida joylaşgan. Muhandislar taxminiça, u maşinada toza havoni yuzaga keltiradi.

Oasis Harman katta displey va ovoz hamda imo-işoralar bilan boşqariş mumkin bölgan interfeys bilan jihozlangan. Muhandislar avtomobil raydşering uçun işlatiladi degan fikrda: ular maşina bilan birga yöldoşni tanlaş uçun ilovani ham taqdim etişdi.
Honda NeuV

Honda NeuV – özini-özi boşqaruvçi elektromobil. Muhandislar sözlariga köra, u “inson his-tuyğularini” öqişi va şundan kelib çiqqan holda boşqaruv uslubiga özgartiriş kiritişi mumkin.





































