AQŞ senati Devid Fridmanni Isroildagi yangi elçi sifatida tasdiqladi. Bundan senatdagi ovoz beriş natijalari darak bermoqda.

Fridmanning nomzodini 52 nafar deputat qöllab-quvvatlagan, 46 nafari qarşi çiqqan. 

Fridman ivrit tilida bemalol sözlaşa oladi. U bankrotlik işlariga ixtisoslaşgan huquqşunos sifatida tanilgan. AQŞ prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasida u Isroil masalalari böyiça maslahatçi bölgan. Uning nomzodini bir qator falastinlik va söl jamoatçilik taşkilotlari tanqid qilişgan.  

Fridman kongressdagi tinglovlar vaqtida öz qaraşlarini AQŞning rasmiy siyosati bilan mos holga keltiriş uçun Isroilning Falastin hududlarida uy-joy qurişini ilgari suriş qaraşidan voz keçişga va'da bergan.