Amazon.com AQŞ Soliq boşqaruvidan 1,5 milliard dollarlik işni yutib oldi. Bu haqida Reuters xabar berdi. 

2005-2006 yillarda Amazon tranzaksiyalari va uning Lyuksemburg bölimida tergov ötkazildi. Boşqaruvçining fikriça, kompaniya uşbu tranzaksiyalar munosabati bilan 1,5 milliard dollar qöşimça soliq tölaşi kerak.

Amazon özining Amerika aktivlarining katta qismini Lyuksemburgga köçirdi. Şu tariqa, uning Yevropa biznesi daromadlariga juda past soliq stavkasi solinadi. 

Yevropada Amazon soliq şartnomalari tekşiruvi davom etmoqda - Bryussel ularni kompaniyaning Lyuksemburg tomonidan noqonuniy "davlat yordami" deb hisoblaydi. Bu esa Amazon'ga raqiblar oldida nohaq ustunliklarni beradi.