Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada o‘z joniga qasd qilish holatlari qancha iqtisodiy zarar keltirishi ma'lum bo‘ldi
Yaponiyada o‘z joniga qasd qilishlar tufayli keltirilgan iqtisodiy zarar 459 milliard iyena (taxminan 4,1 milliard dollarni) tashkil etadi. Bunday xulosaga mamlakat sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ekspertlari kelgan, deb xabar bermoqda NHK telekompaniyasi.
Yillik iqtisodiy zarar summasi 2015 yilda 15-69 yosh oralig‘idagi o‘z joniga suiqasd qilgan 23 ming inson 70 yoshga kirgunga qadar mehnat qilganida qancha iqtisodiy foyda keltirishi orqali hisob-kitob qilindi.
2005 yilda Yaponiyada o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha ogohlantirish shtabi tashkil etildi. 2005 yilga qadar bo‘lgan davr bilan taqqoslaganda iqtisodiy zarar miqdori 900 million dollarga qadar pasaygan.
2015 yilda bunday holatlar bo‘yicha ko‘rsatkich 18 yil ichidagi eng pastki darajaga yetdi. Aksariyat hollarda erkaklar o‘z joniga qasd qiladi. Buning asosiy sabablari orasida – sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, iqtisodiy va maishiy qiyinchiliklar hamda oilaviy muammolar bor.
Yaponiyada 1998 yildan boshlab o‘z joniga qasd qilish holatlari bir yilda 30 ming kishidan ko‘proq tashkil etgan. Bu borada eng katta ko‘rsatkich 2003 yilda qayd etildi – 34 ming inson. 2015 yilda bu holat ilk bora 1997 yildagi darajadan pastga tushdi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026