2017 yilning boşidan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) hukumati butun mamlakat böylab 500 harbiy qism va boşqa harbiy obektlar orasida kutilmaganda aksilkorrupsiya tekşiruvini ötkazdi. Boş taftiş organi vazifalari Xitoy Kommunistik partiyasining intizom tekşiruvi böyiça Markaziy komissiyasi zimmasiga yuklatildi. Bu haqida "Tszefantszyun bao" gazetasida xabar berildi.
Ma'lum bölişiça, mazkur tekşiruvlar davomida komissiya inspektorlari buxgalteriya hujjatlari, şuningdek rasmiy uçraşuvlar videotasmalari közdan keçirilgan.
Komissiya vakilining sözlariga köra, tekşiruv davomida noqonuniy pul tölovlari, davlat mablağlari va xizmat transport vositalaridan notöğri foydalaniş borasida jiddiy tartibsizliklar aniqlangan.
"Komissiya faoliyatining maqsadi - XXR rahbariyatining qat'iy aksilkorrupsiya siyosatini hayotga tadbiq qiliş", - dedi qurolli kuçlar tuzimasi manbasi.
Tekşiruvning dastlabki yakunlariga köra, 12 nafar harbiy va mansabdor şaxs jinoiy javobgarlikka jalb qilingan.











