MAN Toshkent avtoparklarini metanda ishlovchi avtobuslar bilan ta'minlab beradi

MAN Auto-Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya korxonasi 2017 yilda siqilgan tabiiy gaz (metanda) ishlovchi avtobuslarni yig‘a boshlaydi. U Toshkent avtoparklariga mo‘ljallangan bo‘ladi. «Yangi ekologik toza MAN avtobuslari MAN Auto-Uzbekistan ishlab chiqarish maydonchasida avtoparklarni metanli avtobuslarga bosqichma-bosqich o‘tkazish dasturi doirasida chiqariladi», - deya aniqlik kiritdi RIA Novosti suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda 2015 yilning bahoridan metanda ishlovchi MAN avtobuslari turli yo‘nalishlarda sinovdan o‘tkazilmoqda.
2016 yilning dekabrida bunday mashinalarning birinchi beshtasi Samarqanddagi QKda yig‘ildi. O‘zbekiston hukumati qaroriga ko‘ra, “Toshshahartransservis” avtoparklari 2017-2019 yillarda 320ta “gazli” 12 metrli MAN avtobuslarini xarid qiladi. Ular MAN Auto-Uzbekistan’da yig‘iladi, deya xabar bergan agentlik suhbatdoshi.
MAN Auto-Uzbekistan 2017 yilda avtobus parklari hududida texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha servis markazlarini ham ochadi. Shuningdek gaz to‘latuvchi kompressorli stansiyalar quriladi. Avtobuslarni xarid qilish O‘zbekiston tijorat banklari hamda lizing kompaniyalari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ma'lumot uchun, “Toshshahartransservis” tarkibiga kiruvchi korxonalar har kuni 1,5 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Kompaniya avtobus parkida 600ta Mercedes-Benz avtobuslari hamda 680dan ortiq Isuzu avtobuslari bor.
2009 yilning avgustida esa “O‘zavtosanoat” AJ va MAN Nutzfahrzeuge ustav kapitali 3 million yevro bo‘lgan MAN Auto Uzbekistan qo‘shma korxonasini tashkil etishdi. O‘zbekistonga qo‘shma korxonaning 51 foizi, Germaniyaga esa 49 foizi tegishli. QK loyiha quvvati – yiliga 5 ming yuk mashinasi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

17:43 / 21.06.2025
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

21:02 / 19.06.2025
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

18:13 / 19.06.2025