Porsche kompaniyasi öz xodimlariga 9111 yevro miqdorida mukofot puli tölaş haqida e'lon qildi. Bonus 21 ming kişiga beriladi. Porsche 2016 yildagi faoliyatning muvaffaqiyatli natijalarini şu tariqa nişonlamoqda. "Motor" uşbu mavzuga doir ma'lumot bilan bölişdi.
2016 yilda kompaniya sotuvlar böyiça yangi rekord örnatdi - 2015 yilgi savdo hajmi 6 foizga oşib, 237 778 maşinani taşkil qildi. Porsche'ning daromadi 22,3 milliard yevroga (+4 foizga) ösdi. Operatsion foyda 14 foizga (3,9 milliard yevroga) oşdi.
2016 yil oxiriga kelib, Porsche'ning ştati ham 13 foizga, 27 612 kişiga kengaydi.
Bu marka rahbariyatidan xodimlarga joriy qilingan birinçi bonus emas. Kompaniya 2016 yilda ham işçilarga (15,6 ming kişi) 9 ming yevroga yaqin bonus tölagan. Öşanda kompaniya 2015 yil uning tarixidagi eng muvaffaqiyatli yil bölganini ta'kidlagan edi, zero firma ilk marta bir yilda 200 ming avtomobilni sotişga muvaffaq bölgandi.
2015 yilda nemis markasi özining har bir işçisiga qöşimça 8,6 ming yevro tölagan, 2014 yilda esa yillik mukofot puli hajmi 8,2 ming yevroni taşkil qilgan.












