Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga davlat taşrifi uyuştiradi. Bu haqda Toşkentda boşlangan savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Xitoy hukumatlararo qömitasining beşinçi yiğilişi vaqtida ma'lum qilingan.
Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ğaniyevning ma'lum qilişiça, davlat rahbarining bölajak taşrifi vaqtidagi muzokaralar yakunida transport, investitsiyalar, energetika, irrigatsiya, gidroenergetika va boşqa bir qator sohalar böyiça hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.
Ma'lumot uçun, Xitoy Özbekistonning yirik savdo hamkorlaridan hisoblanadi. Ötgan yil yakunlariga köra mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 4,2 milliard dollardan oşgan. Özbekistonda Xitoy kapitali iştirokida 704 korxona faoliyat yuritmoqda.
Özbekiston prezidenti ilk taşrifini 6-7 mart kunlari Turkmanistonga, 22-23 mart kunlari Qozoğistonga amalga oşirdi. Uning navbatdagi safari aprel oyida Rossiyaga bölişi kutilmoqda.












