Malayziyaning Malakka şahrida, Hang Jebat Stadium öyingohida JÇ-2018 saralaşi 6-tur uçraşuvlari doirasida Suriya hamda Özbekiston milliy terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bölib ötdi. Suriyadagi fuqarolik uruşi tufayli uçraşuv betaraf maydonga köçirilgandi.
Öyinda 1:0 hisobi qayd etilib, mezbon maqomidagi suriyaliklarning ğalaba qozondi.
Tomoşabop ötmagan uçraşuvning 88-daqiqasida jarima maydoni içida Yegor Krimets qöpollik işlatdi va Lobanov darvozasiga penalti belgilandi. Zarbani Panenka uslubida ijro etgan Umar Harbin jamoasiga ğalaba keltirdi.
Endilikda Samvel Babayan qöl ostidagi jamoa 9 oçkosi bilan uçinçi örinda qolmoqda. Özaro uçraşuvda 3 oçko olgan Suriya 8 oçko bilan törtinçi örinda joylaşgan.
JÇ-2018 saralaşi, Osiyo qit'asi
Suriya - Özbekiston — 1:0
Gol: Harbin (90 pen)
Suriya: Ibrohim Alma, Ahmad al Solih, Muyid al Ajan, Umro al Midani, Amro Jyenyat, Umar Harbin, Mahmud al Mavoz, Fahad Yusuf, Tamir Haj Muhammad, Mardik Mardikian, Holid Mubayad.
Özbekiston: Aleksandr Lobanov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom Töxtaxöjayev, Davron Hoşimov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Server Jyeparov, Jaloliddin Maşaripov, Marat Bikmayev, Temurxöja Abduxoliqov.













